2025-yilning 30-sentabr kuni Urganch shaharda joylashgan Al-Xorazmiy va Gulchilar mahalla fuqarolar yigʻinlarida Xorazm viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti I.Otajanov seminar yigʻilishi oʻtkazdi.
Yigʻilishda statistika sohasiga oida yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlardan Oʻzbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika toʻgʻrisida” 2021-yil 11-avgustdagi OʻRQ-707-son Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini roʻyhatga olish toʻgʻrisida” 2020-yil 16-martdagi OʻRQ-611-son Qonuni hamda “Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrda qabul qilingan PF-173-sonli Farmonlari mazmun-mohiyati va ahamiyati mahalla fuqarolar yigʻini xodimlariga va fuqarolarga tushuntirib oʻtildi.
Axborot xizmati