Joriy yilning yanvar-avgust oylarida viloyatimizning xizmatlar eksporti hajmi 19,4 mln AQSH dollarini yoki jami eksport hajmining 7,7 % ini tashkil etdi.
2024- yilning mos davriga nisbatan bu ko‘rsatkichning 23,0 % ga ko‘payishi kuzatildi.
Xizmatlar eksporti tarkibi:
safarlar (turizm) - 39,2 %
telekommunikatsiya, kompyuter va axborot - 31,3 %
transport - 6,7 %
boshqa tadbirkorlik bilan bog‘liq xizmatlar - 0,5 %
boshqa xizmatlar - 22,3 %.
Axborot xizmati