2025-yilning yanvar-avgust oylarida Xorazm viloyatining import hajmi 279,6 mln AQSH dollariga yetdi (2024- yilning mos davriga nisbatan 5,5 % ga kamaydi).
Import tarkibida eng katta ulush mashinalar va transport asbob-uskunalari (33,2 %), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (30,8 %), nooziq-ovqat xomashyo, yoqilgʻidan tashqari (17,5 %), sanoat tovarlari (5,9 %) hamda kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar (5,9 %) hisobiga to‘g‘ri keldi.
Axborot xizmati