2026- yil 15- yanvardan 28- fevralga qadar respublikamizda o‘tkaziladigan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlariga hududlardagi “mahalla yettiligi” xodimlari jalb etiladi.
Joriy yilning 14- oktabr kuni Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan o‘quv seminarida hududiy boshqarmalarning ro‘yxatga olish savolnoma shakllarini to‘ldirish bo‘yicha “mahalla yettiligi” ni o‘qitishga mas'ul supervayzerlari va xodimlari ishtirok etishdi.
Seminar ishchanlik muhitida, o‘zaro savol-javob, muloqot, fikr va mulohazalarni muhokama qilish tarzida o‘tdi.
Ta’kidlandiki, ro‘yxatga olishni to‘g‘ri tashkil etish, olinadigan ma’lumotlarning aniq va to‘liqligi “mahalla yettiligi” xodimlarining ko‘nikmalarini oshirishga, ular tomonidan savolnoma shakllarining mohiyatini respondentga tushunarli tarzda yetkazilishi hamda axborot tizimidan samarali foydalanilishiga bevosita bog‘liq.
Axborot xizmati