30/10/2025

Viloyatimiz bo‘yicha 2025-yilning yanvar-sentabr oylarida asosiy kapitalga markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 14,8 trln so‘mlik investitsiya o‘zlashtirilgan.

O‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda, hajmning 45,8 % o‘sishi kuzatildi.

Markazmalshmagan investitsiyalarning tarkibi:

  • korxona va tashkilotlarning mablag‘lari – 1,1 trln so‘m
  • aholi mablag‘lari – 2,3 trln so‘m
  • to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya va kafolatlanmagan kreditlar – 11,1 trln so‘m
  • tijorat bank kreditlari – 0,3 trln so‘m.

 

 Axborot xizmati