Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2025-yilning yanvar- sentabr oylarida viloyat bo‘yicha ishlab chiqarilgan qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat) larining umumiy hajmi 24 352,2 mlrd soʻmni tashkil qildi.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan bu ko‘rsatkich 4,9 % ga o‘sdi.
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining tarkibida:
dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda koʻrsatilgan xizmatlar hajmi – 23 774,0 mlrd soʻmni,
oʻrmon xoʻjaligi – 196,7 mlrd soʻmni,
baliqchilik xoʻjaligi – 381,5 mlrd soʻmni tashkil qildi.

Axborot xizmati



