2025- yilning 3- noyabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida Abu Rayxon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakultetida seminar tashkil etildi.
Oliy ta’lim muassasasi talabalari o‘rtasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining targ‘ibotiga yo‘naltirilgan ushbu seminarda boshqarmaning Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi mutaxassislari qatnashdilar.
Seminarda ishtirokchilarga 2026- yilning 15- yanvaridan 28- fevraliga qadar mamlakatimizda o‘tkaziladigan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining maqsad va ahamiyati, amalga oshirish bosqichlari, xorijiy tajribalar hamda me’yoriy-huquqiy asoslar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Tadbir yakunida talabalarning mavzuga oid savollariga javob berildi.


Axborot xizmati



