Joriy yilning 9 oyida Hazorasp tumanida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 1,1 trln so‘mni tashkil etdi.
Moliyalashtirish manbalariga ko‘ra investitsiyalarning tarkibida:
Respublika byudjeti mablag‘lari – 4,4 %
korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari – 2,8 %
aholi mablag‘lari – 25,8 %
xorijiy investitsiya va kreditlar – 60,1 %
suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari – 2,9 %
tijorat bank kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari – 4,0 % ulushni tashkil qildi.
 
Axborot xizmati



