04/11/2025

Viloyatimiz bo‘yicha 2025-yilning yanvar- sentabr oylarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmi 23 428,3 mlrd soʻmni tashkil etib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 4,6 % ga oshdi.

Qishloq xo‘jalik mahsulotlari tarkibida  dehqonchilik mahsulotlari 9 149,9 mlrd soʻmni (o‘sish 9,9 %), chorvachilik mahsulotlari 14 278,4 mlrd soʻmni (0,8 %) tashkil qildi.

Hududlar kesimida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining eng yuqori hajmi Urganch (2 908,0 mlrd soʻm), Qoʻshkoʻpir (2 443,8 mlrd soʻm), Bogot (2 316,2 mlrd soʻm) va Gurlan (2 314,0 mlrd soʻm) tumanlarida yetishtirildi.

 

Axborot xizmati