Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 11 961,1 mlrd so‘mni (umumiy hajmidagi ulushi 69,6 %) tashkil etdi.
O‘sish sur’ati 2024- yil yanvar-sentabr oylariga nisbatan 156,7 % darajada qayd etildi.
Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining jami asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmidagi eng yuqori ulushi Xiva shahri (96,2 %), Yangibozor (95,6 %), Gurlan (91,7 %) va Tuproqqal'a (89,2 %) tumanlariga to‘g‘ri keldi.

Axborot xizmati



