07/11/2025

Joriy yilning  7- noyabridan e’tiboran viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlarini tashkil etish bo‘yicha o‘tkaziladigan o‘quv seminarlarining navbatdagi bosqichi boshlandi.

Seminarda  mahalla fuqarolar yig‘inlarining “mahalla yettiligi” tarkibiga kiruvchi xotin-qizlar faollariga viloyat statistika boshqarmasining mas’ul xodimlari tomonidan ro‘yxatga olish jarayonining axborot tizimidan foydalanish ko‘nikmasi, savolnomalar bilan ishlash tartibi, respondentning javoblarini planshet qurilmasiga qayd etish talablari bo‘yicha nazariy va amaliy ma’lumotlar, ko‘rsatma va tushuntirishlar berildi. Shuningdek, olingan bilimlar bevosita amaliyot shaklida mustahkamlab borildi.

 

Axborot xizmati