2025– yilning 1– oktabr holatiga ko‘ra, viloyatda mavjud qo‘y va echkilarning umumiy bosh soni 504,6 mingtaga yetdi.
2024– yilning mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda ularning soni 2,6 mingtaga (0,5 %) ko‘paydi.
Qo‘y va echkilar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, jamiga nisbatan 76,2 % i dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga to‘g‘ri keldi.
Eng ko‘p qo‘y va echki boqilayotgan hududlar:
Qo‘shko‘pir tumani – 94,1ming bosh
Hazorasp tumani – 65,1 ming bosh
Bog‘ot tumani – 64,7 ming bosh
Urganch tumani – 56,9 ming bosh.

Axborot xizmati



