17/11/2025

Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatimizda barcha toifadagi xo‘jaliklari tomonidan 127,5 ming tonna poliz ekinlari yetishtirildi.

Mahsulot yetishtirishning eng katta hajmi dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida qayd etildi va 65,8 ming tonna yoki 51,6 % ulushni tashkil etdi.

Hududlar orasida eng ko‘p poliz mahsulotlari Urganch (19,4 ming tonna), Yangibozor (19,3 ming tonna) va Xiva (15,7 ming tonna) tumanlarida yetishtirilgan.

 

Axborot xizmati