2025- yil yanvar-sentabr oylarida Bog‘ot tumanida asosiy kapitalga umumiy hajmi 483,6 mlrd so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirildi.
Investitsiyalar hajmining 95,9 %i yoki 462,3 mlrd so‘mi markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobiga kiritilgan.
Markazlashmagan investitsiyalarning tarkibida:
korxonalarning o‘z mablag‘lari – 34,3 mlrd so‘mni
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kafolatlanmagan kreditlar - 258,7 mlrd so‘mni
aholi mablag‘lari – 130,6 mlrd so‘mni
bank kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari – 37,2 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Axborot xizmati



