21/11/2025

2025-yilning 21-noyabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularning qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni  (O‘RQ-931-son, 2024-yil 5-iyunda qabul qilingan) hamda  “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (2023- yil 27-noyabr, PF-200-son) Prezident Farmoni bilan tanishtirildi.
Shu bilan bir qatorda boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov tomonidan yuqoridagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati batafsil tushuntirib o‘tildi.


Axborot xizmati