2025- yilning yanvar-oktabr oylarida Yangiariq tumanida 616 ta yangi kichik biznes subyekti tashkil etildi.
Faoliyat yo‘nalishlari kesimida eng ko‘p yangi kichik biznes subyekti savdo (235 ta) sohasiga to‘g‘ri keldi.
Yangi tashkil etilgan kichik biznes subyektlarining iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra tarkibi:
savdoda – 235 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 165 ta
sanoatda – 78 ta
yashash va ovqatlanish xizmatlarida – 27 ta
axborot va aloqa sohasida – 24 ta
qurilishda – 21 ta
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarda – 5 ta
tashish va saqlash xizmatlarida – 2 ta
boshqa turlarda – 59 ta.

Axborot xizmati



