2025- yilning yanvar-oktabr oylarida viloyatimizda norasmiy sektor tomonidan 5 028,7 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, oldingi yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 107,1 % ni tashkil qildi.
Qurilish ishlari hajmida norasmiy sektorning hissasi 51,0 % ni tashkil etdi.
Hududlar kesimida ushbu sektor tomonidan bajarilgan ishlarning eng yuqori hajmi Urganch tumani (318,8 mlrd so‘m), Hazorasp tumani (213,7 mlrd so‘m), Urganch shahri (225,7 mlrd so‘m) va Xonqa tumanida (223,3 mlrd so‘m) qayd etildi.

Axborot xizmati



