27/11/2025

2025-yilning yanvar-oktabr oylarida Xorazm viloyati xorijidan qiymati 340,4 mln AQSH dollarilik tovar va xizmatlar importini amalga oshirdi.

2024- yilning mos davriga nisbatan import hajmi 7,3 % ga kamaydi.

Import tarkibida eng katta ulush mashinalar va transport asbob-uskunalari (32,0 %), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (30,4%), nooziq-ovqat xomashyo, yoqilgʻidan tashqari (18,0%), sanoat tovarlari (6,3 %) hamda kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar (6,2 %) hisobiga to‘g‘ri keldi.

 

Axborot xizmati