O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishni o‘tkazish to‘g‘risida» 2025-yil 19-sentabrdagi PF-173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida shu kunlarda viloyatimizda tayyorgarlik ishlari izchil olib borilmoqda.
Hududlardagi yirik korxona va tashkilotlarda, ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan o‘quv-seminarlari bunga yaqqol misol bo‘ladi.
Joriy yilning 26- noyabr kuni viloyat statistika boshqarmasida viloyat maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi muassasalarning mas’ul xodimlari ishtirokida ana shunday tadbir tashkil etildi.


O‘quv-seminari davomida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning asosiy mazmun-mohiyatini tushuntirish barobarida, ro‘yxatga olish dasturi bilan ishlash tartibi, savolnomalarni to‘ldirish, bunda axborot tizimidan samarali foydalanish bo‘yicha zarur nazariy va amaliy ma’lumotlar berildi.


Ushbu seminar ishtirokchilari olgan bilim va ko‘nikmalari bo‘yicha o‘zlari faoliyat olib borayotgan ta’lim tashkilotlaridagi xodimlarga tushuntirishlar berib, ularni ro‘yxatga olish jarayonida to‘liq qatnashishini ta’minlashga mas’ul bo‘ladilar.
Axborot xizmati



