27/11/2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”  PF-173-son Farmonining ijrosi bo‘yicha   "O‘ztransgaz" AJ boshqaruv raisi A.Sh.Isaqov  Urganch shahrida ro‘yxatga olish tadbiriga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi.

 

Tashrif  davomida  shahar statistika bo‘limida tashkil etilgan shtab faoliyati o‘rganildi.

Shuningdek, A.Sh.Isaqov  mahallalarga chiqib,  u yerda tadbiroldi amalga oshirilgan ishlarni kuzatdi, ro‘yxatga olish jarayonida aniq va to‘g‘ri ma’lumotlarni shakllantirilishi bevosita mahalla mas’ullarining ishni samarali tashkil etishlariga bog‘liq ekanligini ta’kidlab, “mahalla yettiligi”ga bu bo‘yicha zarur ko‘rsatma va yo‘l-yo‘riqlar berib o‘tdi. O‘z o‘rnida mahallalarda yuzaga kelayotgan masalalar muhokama qilinib, yechimi bo‘yicha mas’ul idoralarni jalb qilishga kelishib olindi.

A.Sh.Isaqov  Ijtimoiy himoya agentligi Urganch shahar bo‘limida ro‘yxatga olish tadbiri yuzasidan o‘tkazilgan o‘quv-seminari ishida ishtirok etdi.

 

Axborot xizmati