28/11/2025

2025-yilning 28-noyabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida huquqiy targ‘ibot bo‘yicha navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi.
Xodimlarning qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini oshirishga yo‘naltirilgan seminarda ishtirokchilarga mamlakatimiz Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi turizm qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish va turizm sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-348-sonli qarori va “Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-210-sonli farmoni tanishtirildi.
Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov ushbu normativ hujjatlarning mazmun-mohiyati va amaliyotga tadbiq etilishi bilan kiritilayotgan o‘zgarishlar  yuzasidan batafsil tushuntirishlar berib o‘tdi, shuningdek, joriy yilning noyabr oyida qonunchilikdagi yangiliklar bo‘yicha axborot berdi.

Axborot xizmati