12/12/2025

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiridan keng jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida viloyatimizdagi yirik korxona va tashkilotlarda o‘quv-seminarlari, targ‘bot tadbirlari tashkil qilinmoqda.

 Bugun, 12-dekabr kuni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filialida ana shunday tadbir bo‘lib o‘tdi.

 Unda viloyat statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil qilish va o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi I.Polvonova tomonidan korxona xodimlariga census.stat.uz platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish, savolnomalarni to‘g‘ri va aniq to‘ldirish bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Axborot xizmati