Viloyatimizdagi yirik sanoat korxonalarida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining targ‘ibotiga bag‘ishlangan seminarlar tashkil etilmoqda.
Shunday o‘quv seminari joriy yilning 17- dekabr kuni “Xorazm shakar” MCHJ da o‘tkazildi.
Seminarda viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari U.Bardiyev va Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i J. Bekchanovlar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida 2026- yilning yanvar-fevral oylarida respublikamizda o‘tkazilishi belgilangan ro‘yxatga olish jarayonining asosiy mohiyati tushuntirildi, shuningdek, xodimlarga ro‘yxatga olish dasturi bilan ishlash tartibi, savolnomalarni to‘ldirish tartibi, bunda axborot tizimidan samarali foydalanish bo‘yicha zarur nazariy va amaliy ma’lumotlar berildi.


Axborot xizmati



