2025- yilning 19-dekabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Sh.Davletov ishtirokida Urganch davlat pedagogika institutida seminar tashkil etildi.
Oliy ta’lim muassasasi talabalari o‘rtasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining targ‘ibotiga yo‘naltirilgan ushbu seminarda, 2026- yilning 15- yanvaridan 28- fevraliga qadar mamlakatimizda o‘tkaziladigan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining maqsad va ahamiyati, o‘tkazilish tartibi, amalga oshirish bosqichlari, savolnomalarga to‘g‘ri va to‘liq javob berishning muhimligi bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Tadbir yakunida talabalarning mavzuga oid savollariga javob berildi.



Axborot xizmati



