24/12/2025

Joriy yilning  24- dekabr kuni “Feruz-Xorazm” mas’uliyati cheklangan jamiyatining bir guruh xodimlari ishtirokida huquqiy targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi.
Xorazm viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti I.Otajonov xodimlarga O‘zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika to‘g‘risida” gi (2021- yil 11- avgust) O‘RQ-707- sonli Qonunining mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish berib o‘tdi.

Shu bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishni o‘tkazish to‘g‘risida» 2025-yil 19-sentabrdagi PF-173-son Farmoni, Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025- yil 7- oktabrdagi 629-son qarori hamda ularning ijrosini ta’minlash maqsadida shu kunlarda viloyatimizda olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari bilan tanishtirdi.

 

Axborot xizmati