26/12/2025

Joriy yilning 26-dekabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularning qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan seminar boʻlib oʻtdi.
Seminarda ishtirokchilarga “Tadbirkorlik subyektlariga davlat, professional, konsalting, moliyaviy, injiniring, marketing, media, IT va operatsion xizmatlarni kompleks ko‘rsatish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-375-sonli qarori xususida maʻlumot berildi.
Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov ushbu qarorga asosan tashkil etilayotgan “Biznes hamroh” markazlarining vazifalari, xususan tadbirkorlik subyektlari bilan davlat organlarining yaqinlashuvini amalga oshirish mexanizmlari bo‘yicha tushuncha berib oʻtdi.

Axborot xizmati