29/12/2025

Statistika idoralarining keng jamoatchilik bilan mustahkam aloqa o‘rnatishdan asosiy maqsadlardan biri eng avvalo sohadagi yangiliklardan ularni o‘z vaqtida va to‘laqonli xabardor etib borishdan iboratdir.

Shu boisdan idora va tashkilotlar hamda mahalla fuqarolar yig‘inlarida har haftada huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib borilmoqda.
2025- yilning 29-dekabr kuni Urganch shahridagi “Istiqlol” va “Mustaqillik” mahallalarida o‘tkazilgan seminarda Xorazm viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti I.Otajonov tomonidan “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi 2021- yil 11- avgustdagi O‘RQ-707-sonli Qonuni, Prezidentning "O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida" PQ-75-son qarori va “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173-son Farmoni mazmun va mohiyati bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Axborot xizmati