31/12/2025

Joriy yilning  30-dekabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida huquqiy savodxonlikni oshirishga bag‘ishlangan navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda boshqarma xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2025-yil 6-dekabrdagi “Davlat xizmatida boshqaruv samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-243-sonli farmoni bilan tanishdilar.
Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov yuqoridagi Farmonning qabul qilinishi bilan qaysi normativ hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritilayotgani va shu bilan bog‘liq yangiliklar xususida ma’lumot berib o‘tdi.
Shuningdek, seminarda dekabr oyida mamlakatimiz qonunchiligidagi yangiliklar, qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar bo‘yicha axborot berildi.

Axborot xizmati