Shu kunlarda viloyatimizdagi 509 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida faoliyat yuritayotgan “mahalla yettiligi” xodimlari uchun so‘nggi bosqichdagi o‘quv seminarlari tashkil etildi.







Seminarlarda asosiy e’tibor ro‘yxatga oluvchi xodimlar ishini muvofiqlashtirish, 15-31- yanvar kunlari census.stat.uz saytida onlayn ro‘yxatdan o‘tuvchi fuqarolarga tushuntirish va yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish, ro‘yxatga olishni o‘z muddatida sifatli tarzda o‘tkazish, savolnomalarning javoblarini to‘g‘ri va aniq qayd etish, ro‘yxatga olish ishlarida planshet qurilmalaridan to‘g‘ri foydalanish kabi masalalarga qaratildi.
Axborot xizmati



