Mamlakatimizda sanoqli kunlardan keyin aholi va qishloq xo‘jaligi ro‘yxatga olish boshlanadi.
Shu munosabat bilan viloyatimizdagi idora va tashkilotlarda tadbiroldi targ‘ibot uchrashuvlari, seminarlar o‘tkazilmoqda.
Bugun, 12-yanvar kuni viloyat adliya boshqarmasida ana shunday o‘quv-seminari tashkil etildi. Tadbirda Urganch shahar statistika bo‘limi boshlig‘i O.Yuldashev qatnashdi.
Seminar davomida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlarining asosiy maqsadi, tadbirni amalga oshirishning bosqichlari, idoralararo hamkorlik masalalari, ro‘yxatdan o‘tish savolnomasining tarkibi, amaliy jarayon bilan bog‘liq ko‘pgina boshqa ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, census.stat.uz platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish tartibi bo‘yicha videoqo‘llanma namoyish etildi.




Axborot xizmati



