Joriy yilning 16- yanvar kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularning qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan seminar boʻlib oʻtdi.
Seminarda ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy yengil sanoat korxonalarining xalqaro yetkazib berish zanjirlarida ishtirokini kengaytirish hamda tashqi bozorlarda o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4- sonli Farmoni xususida maʻlumot berildi. Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov ushbu qarorga asosan to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida 2026-2027-yillar uchun belgilab berilgan asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari bilan tanishtirdi.


Axborot xizmati



