23/01/2026

Xorazm viloyati statistika boshqarmasida har haftaning juma kuni me'yoriy-huquqiy hujjatlarning targ‘iboti orqali xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirishga bag‘ishlangan seminarlar tashkil etib kelinmoqda.


Navbatdagi shu kabi seminar 23-yanvar kuni tashkil etildi. Seminar davomida boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati, asosiy tushunchalar, qo‘llanilish sohalari bo‘yicha ma’lumot berib o‘tdi. Shu o‘rinda ushbu qonunning qabul qilinishi jamiyatimizda korrupsiyaviy holatlarning oldini olishga, davlat xizmatchisining vazifa va majburiyatlarini to‘liq bajarilishiga yana bir bor zamin yaratishi alohida ta’kidlandi.

 

Axborot xizmati