2026-yilning 1-yanvar holatiga viloyatimizda 198 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar faoliyat yuritgan bo‘lib, shundan 130 tasi (65,7 %) xorijiy korxona hisoblanadi.
Iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra eng ko‘p xorijiy korxona savdo sohasida faoliyat yuritgan va 41 tani (jami korxonalarning 31,5 %) tashkil qildi.
Shuningdek, xorijiy korxonalar soni sanoat (27 ta) hamda aloqa va axborotlashtirish (22 ta) sohalarida salmoqli bo‘lgan.

Axborot xizmati



