27/01/2026

Ma’lumki, mamlakatimizda shu yilning 15- yanvaridan e’tiboran aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining 1-bosqichi (onlayn ro‘yxatdan o‘tish) o‘tkazilmoqda.

Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan tadbiri doirasida onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar uchun qimmatbaho sovg‘alar ta’sis etildi. Tasodifiy tanlash (random) usuli orqali aniqlanadigan sovrindorlarning ro‘yxatga olish savolnoma shakllarini to‘g‘ri va to‘liq to‘ldirishi e’tiborga olinadi. Sovrindorlar har kuni statistika qo‘mitasining ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilib borilmoqda.

 Bugun, 27- yanvar kuni tanlov g‘oliblari orasidan o‘rin olgan viloyatimiz vakillari - Urganch tumani “Qumrobod” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Hadjimuratova Shahida Xalmuratovna va Xonqa tumani “Obod” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Yaqubova Zulxumor Bog‘ibekovnalarga viloyat statistika boshqarmasi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari X.Egamov zamonaviy planshet qurilmasi va tashakkurnomalarni topshirdi.

Axborot xizmati