29/01/2026

Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri doirasida onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar o‘rtasida sovrinli tanlov e’lon qilingani va ilk sovrindorlar aniqlangani haqida xabar berilgan edi.

Bugun tanlovda g‘olib bo‘lgan yana bir yurtdoshimiz – Qo‘shko‘pir tumani, “Shixmashhad” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Otajanov Karimboy Mansurbek o‘g‘li zamonaviy  planshet bilan taqdirlandi.

Viloyat statistika boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i  D. Artiqov  sovrindorga sovg‘a hamda boshqarma rahbariyatining tashakkurnomasini topshirdi.

Hurmatli yurtdoshlar, onlayn ro‘yxatdan o‘tish yakunlanishiga 3 kun qoldi. Tadbirda faol ishtirok eting va sovrindorlar safida bo‘ling. Zero, har birimiz haqimizdagi ma’lumot – ertangi kunimizga daxldor muhim qarorlar, ulkan rejalar va yangilanishlar uchun asos bo‘ladi!

 Axborot xizmati