04/02/2026

Mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining ikkinchi bosqichi  boshlandi. Joriy yilning 4-28-fevral kunlari mahalla yettiligi vakillari xonadonma-xonadon yurib, onlayn ro‘yxatga olishda ishtirok etmagan yoki savolnomalarni xato va kamchiliklar bilan to‘ldirgan fuqarolar haqidagi ma’lumotlarni planshet qurilmalariga kiritadilar.

Viloyat statistika boshqarmasining mas’ullari, bo‘lim boshliqlari o‘zlariga berkitilgan hududlardagi ro‘yxatga olish ishlarida bevosita ishtirok etib, jarayonning uzluksiz tashkil etilishi, ro‘yxatga oluvchilar tomonidan savolnomalarni to‘liq va aniq to‘ldirilishi, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan texnik masalalarni hal etish bo‘yicha shahar va tuman hokimliklari bilan birgalikda hamkorlikda faoliyat olib bormoqdalar.

 

Axborot xizmati