05/02/2026

2025- yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmi 15 649,2 mlrd soʻmni yoki umumiy hajmidagi ulushi 69,2 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan oʻsish surʻati 172,7 % ni tashkil qildi.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining jami asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmidagi eng yuqori ulushi Yangibozor  tumani (92,2 %), Xiva shahri (91,4 %), Tuproqqalʻa (90,5 %) va Gurlan (88,0 %) tumanlariga toʻgʻri keldi.

 

Axborot xizmati