2025- yilning yanvar-dekabrida viloyatimizda kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) importi hajmi 297,8 mln AQSH dollarini yoki jami importning 68,8 % ini tashkil etdi.
Hududlar boʻyicha kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulotlar (ishlar va xizmatlar) importining jami importga nisbatan eng yuqori ulushi Hazorasp tumanida – 100,0 %, Xiva tumanida – 100,0 %, Yangibozor tumanida – 100,0 %, Gurlan tumanida – 98,8 %, Urganch tumanida – 98,3 %, Shovot tumanida – 80,1 % ni tashkil qildi.

Axborot xizmat



