20/02/2026

Joriy yilning 20-fevral kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularning qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan seminar boʻlib oʻtdi.


Seminarda ishtirokchilarga “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PQ-64 sonli “Kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori tanishtirildi.
Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov ushbu qarorning mazmuni, maqsad va vazifalari xususida tushuncha berib oʻtdi.



Axborot xizmati