Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-maydagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasini yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan 2026-yil 7-aprel kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishi 25- son bayoni”da belgilangan topshiriqlar ijrosini taʻminlash boʻyicha Xorazm viloyati statistika boshqarmasida tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Unga asosan joriy yilning 1-iyunidan eʼtiboran har haftaning chorshanba kuni boshqarmada “Sport kuni” etib belgilandi.
Xodimlar oʻrtasida sport va sogʻlomlashtirishni targʻib etish, jsmoniy tarbiya mashgʻulotlarini tashkil etish, shu orqali ularning ish samaradorligi, mehnat unumdorligiga erishish maqsadida tashkil etiladigan tadbirlarda sport turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkazish, gʻoliblarni ragʻbatlantirish ishlari ham rejaga kiritilgan.



Axborot xizmati



