11/06/2026

Joriy yilning yanvar- aprel oylarida Yangiariq tumanida 123,8 mlrd soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, 2025-yilning shu davriga nisbatan 26,5 % oʻsish qayd etildi.

Qurilish ishlarining 56,5 %i yoki 70,0 mlrd soʻmi kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga toʻgʻri keladi.

Ushbu sektordagi qurilish ishlari hajmi oʻtgan yilning yanvar-apreliga nisbatan 14,6 % ga oshgan.

Shuningdek, tumanda yirik tashkilotlar tomonidan 3,9 mlrd soʻmlik, norasmiy sektor tomonidan 49,9 mlrd soʻmlik qurilish ishlari amalga oshirilgan.

 

Axborot xizmati