Joriy yilning 12-iyun kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha koʻnikma va bilimlarini oshirishga qaratilgan seminar tashkil etildi.
Unda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Urganch shahar boʻlimi tezkor vakili Yu.R.Shonazarov ishtirok etdi.
Uchrashuvda korrupsiyaning jamiyat hayoti uchun katta xavf-xatarga aylanib borayotganligi tezkor axborot maʼlumotlari asosida yana bir karra tushuntirildi.
Shu bilan bir qatorda davlat idoralari faoliyati, xususan statistika boshqarmasi faoliyatida statistik hisobotlarni topshiruvchi, statistik kuzatuvlarda ishtirok etuvchi subyektlar va tizim xodimlari ishtirokida korrupsiyaning oldini olish boʻyicha qilinishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan alohida tushuntirishlar berildi.
Seminar soʻnggida mavzuga doir savollarga mutaxassis tomonidan atroflicha javoblar berildi.



Axborot xizmati



