Joriy yilning yanvar- aprel oylarida Shovot tumanidagi sanoat korxonalari tomonidan hajmi 515,2 mlrd soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan.
2025-yilning tegishli davriga nisbatan ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 109,3 % ni tashkil qilgan.
Viloyat sanoat ishlab chiqarish jami hajmida tumanning ulushi 4,6 % ni tashkil etgan.
Koʻrilayotgan davrda tumanda aholi jon boshiga mahsulot ishlab chiqarishning oʻrtacha hajmi 2 755,5 ming soʻmga toʻgʻri kelgan (oʻsish surʼati – 107,5 %).

Axborot xizmati



