Joriy yilning yanvar-aprel oylarida Urganch shahridagi sanoat korxonalari tomonidan hajmi 1 736,0 mlrd soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan.
2025-yilning tegishli davriga nisbatan ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 108,3 % ni tashkil qilgan.
Viloyat sanoat ishlab chiqarish jami hajmida hududning ulushi 15,4 % ni tashkil etgan.
2026-yilning 4 oyidagi tahlillar Urganch shahrida aholi jon boshiga mahsulot ishlab chiqarishning oʻrtacha hajmi 10 999,6 ming soʻmga toʻgʻri kelganini koʻrsatdi (oʻsish surʼati – 107,0 %).

Axborot xizmati



