18/06/2026

2026-yilning yanvar-aprel oylarida viloyatimizning elektr, gaz, bugʻ bilan taʼminlash va havoni konditsiyalash sanoatida ishlab chiqarish hajmi 509,2 mlrd soʻmni tashkil qildi.

Bu koʻrsatkich viloyat umumiy sanoat ishlab chiqarishining 4,5 % ulushini tashkil etadi.

Oʻtgan yilning 4 oyiga nisbatan fizik hajm indeksi 134,4 % darajada qayd etildi.

Koʻrilayotgan davrda ushbu sohadagi yirik sanoat korxonalari tomonidan 331,8 mln kvt soat elektr energiyasi, 82,1 ming gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarilgan.

 

Axborot xizmati