30/06/2026

Bugun, 30-iyun sanasida Xorazm viloyati statistika boshqarmasida "Korrupsiyaga qarshi kurashish - jamiyat taraqqiyotining muhim omili" mavzusida tadbir tashkil etildi.

 Tadbirda viloyat adliya boshqarmasi sho'ba boshlig'i R.Ibragimov ishtirok etdi.


 Uchrashuvda boshqarma xodimlariga davlat idoralari xodimlari faoliyatida korrupsiyaning oldini olish bo'yicha qilinishi lozim bo'lgan chora-tadbirlar, davlat xizmatchisining asosiy majburiyatlari xususida misollar orqali tushuntirishlar berildi.

 Ta'kidlandiki, statistika hisobotlarining shaffofligi, to'g'ri va aniqligi tizimda korrupsiyaning har qanday ko'rinishlariga qarshi kurashishga, turli salbiy holatlarni oldini olishga bevosita bog'liqdir.

Axborot xizmati