2026-yilning 1- iyun holatiga koʻra, viloyatimizda 1 618 ta qurilish tashkiloti faoliyat yuritgan boʻlib, shundan 1 584 tasini (97,9 %i) kichik tadbirkorlik subyektlari tashkil etgan.
2025-yilning tegishli davriga nisbatan sohada kichik biznes subyektlari soni 166 taga koʻpaygan.
Tahlillarga koʻra, ushbu sektordagi korxonalarning eng koʻpi Urganch shahrida (386 ta), Urganch tumani (220 ta) hamda Xiva tumanida (168 ta) faoliyat yuritmoqda.

Axborot xizmati



