Joriy yilning 10-iyul kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishning dastlabki natijalariga bagʻishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.
Tadbirda OAV vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirok etishdi.
Matbuot anjumanida 2026-yilning yanvar-fevral oylarida respublikamizda oʻtkazilgan roʻyxatga olish tadbiriga koʻrilgan tayyorgarlik, targʻibot va tashviqot ishlari, qoʻllanilgan raqamli texnologiyalar, maʼlumotlarni yigʻish va qayta ishlash bosqichlari hamda viloyatning asosiy koʻrsatkichlarining dastlabki maʼlumotlari yuzasidan axborot berildi.
Taʼkidlandiki, keng koʻlamli tadbir sifatida mamlakatimiz tarixiga kirgan aholi va roʻyxatga olish tadbirining yakuniy tahliliy maʼlumotlari 2027-yilning 1-iyuliga qadar eʼlon qilinishi belgilangan.
Axborot xizmati



