14/07/2026

2026-yilning  yanvar-may oylarida Gurlan tumanda faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari tomonidan umumiy hajmi 266,0 mlrd soʻmlik mahsulot ishlab chiqarilib, fizik hajm indeksi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 113,1 % ni tashkil etdi.

Viloyat sanoatida tumanning ulushi 1,8 % darajani qayd qildi.

Koʻrilayotgan davrda aholi jon boshiga sanoat ishlab chiqarishning oʻrtacha koʻrsatkichi 1 633,1 ming soʻmga toʻgʻri keldi (11,2 % ga oʻsdi).

Maʼlumot uchun: joriy yilning 1-iyun holatiga tumanda  224 ta sanoat korxonasi faoliyat yuritgan.

 

Axborot xizmati