2026-yilning 1-iyul holatiga viloyatimizda 36 549 ta tijorat korxonasi roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, shundan 26 492 tasi yoki 72,5 %i faoliyat yuritgan.
2025-yilning tegishli davriga nisbatan ularning soni 3 649 taga oshgan.
Faoliyat koʻrsatayotgan tijorat korxonalari umumiy sonining 53,4 % ulushi quyidagi hududlar hissasiga toʻgʻri kelgan:
Urganch shahri – 19,2 % (5 098 ta)
Urganch tumani – 11,4 % (3 011 ta)
Xonqa tumani – 8,0 % (2 108 ta)
Qoʻshkoʻpir tumani – 7,4 % (1 970 ta)
Yangiariq tumani – 7,4 % (1 959 ta).

Axborot xizmati



